Toshkentda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila episentri Qozog‘iston ekanligi aytilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Favqulodda seysmoprognostik monitoring Respublika markazi 14-mart kuni Toshkent vaqti bilan 2:32da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.

Zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan.

Xususan, Toshkent shahrida 4 ball, Gulistonda 2 ball, Jizzaxda 2 ballik yer silkinishlari qayd etilgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan, deb xabar qiladi FVV.