Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi janjalda bir kishi halok bo‘ldi

Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirg‘iziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlog‘i aholisiga qarata o‘t ochgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida yana janjal yuzaga keldi. Bu haqda RIA Novostiga Isfara shahri mahalliy hukumat raisi Iqbol Teshayev ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, ikki davlat chegarasida mahalliy aholi o‘rtasida yuzaga kelgan janjal tufayli Tojikistonning bir fuqarosi o‘ldirilgan, boshqasi esa jarohatlangan.

"Bir-birini toshbo‘ron qildi": qirg‘izlar va tojiklar o‘rtasida katta janjal yuz berdi

“Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 15:15 da qurollangan Qirg‘iziston fuqarolari Tojikiston fuqarolari – “Tojikon” qishlog‘i aholisiga qarata o‘t ochgan. Hozirda bir Tojikiston fuqarosi o‘ldirilgani, boshqasi esa jarohatlangani ma’lum. Janjalning qaytadan yuzaga kelish sabablari ham ma’lum emas”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonning Sug‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzodaning Qirg‘iziston vakillari bilan muzokaralar o‘tkazayotganini qaramasdan janjal davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 13 mart kuni chegaraga yaqin hududda joylashgan Qirg‘iziston va Tojikiston aholisi o‘rtasida mojaro yuz bergani haqida xabar qilgan edik.