Mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan “epchil” haydovchi jazolandi

Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, videoda aks ettirilgan “ko‘ngilxushlik”ni qilgan haydovchi – 22 yoshli Muhammadxo‘ja Yu. ekanligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 14 mar - Sputnik. Mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Toshkent shahar IIBB xabar qilishicha, videoda aks ettirilgan  “ko‘ngilxushlik” qilgan haydovchi – 22 yoshli Muhammadxo‘ja Yu. ekanligi aniqlandi. U 12-dan 13-martga o‘tar tun, taxminan soat 2.50 da Shahrisabz ko‘chasida KIA Optima rusumli atvomobilda harakatlangan.

Mazkur shaxs O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128.5-moddasi (“Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi”) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Mashinadan beligacha tashqariga chiqib, uni boshqargan “epchil” haydovchi jazolandi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda katta tezlik ketayotgan mashina rulini boshqaruvchisiz qoldirib, mashina tomiga o‘tirib olgan “epchil” haydovchi tasvirlangan video keng tarqalgan edi.

Xavfli burilish: Mashina tomiga chiqib, uni “uchirayotgan” toshkentlik