Arab shayxining 10 g‘ildirakli avtomobili

Avtomobil og‘irligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega  bo‘lgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.
Sputnik

Avtomobillarga qiziquvchi BAAlik shayx Xamad bin Xamdan al Naxayan ko‘pchillikka yaxshi tanish. Uning garajida 100ga yaqin g‘ayrioddiy avtomobillar to‘plangan, deb yozadi Car.ru nashri.

Bu safar shayx uzunligi 11 metrli usti ochiq yo‘ltanlamas avtomobil sohibi bo‘ldi. Avtomobil amerika harbiy yuk avtomobili Oshkosh M1075 asosida yasalgan bo‘lib, uning 5ta o‘qi va 10ta g‘ildiragi bor. Avtomobil og‘irligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega  bo‘lgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.

BAA dizaynerlari tomonidan yasalgan avtomobil tashqi ko‘rinishi 40-yillar avtombillarini eslatadi. Old va orqa faralari esa amerika avtomobillaridan olingan.

Avtomobil shayxga necha pulga tushganini tasavvur qilish ham qiyin. Ehtimol ushbu pulga butun boshli avtopark sotib olsa bo‘lar, lekin kolleksioner uchun aynan hech kimda yo‘q noodatiy avtomobil qadrlidir.

Ha aytmoqchi, shayx bin Xamdan al Naxayan garajida undan tashqari yana bir necha g‘alati avtomobillar bor: big fut g‘ildirakli Mercedes W123, ulukan Willys, kengligi 3ta avtomobilga teng Jeep, 8 balonli Nissan Patrol, ov qilish qulay bo‘lishi uchun maxsus yasalgan eshiksiz Rolls Roys, yo‘ltanlamas Ford Mustang va boshqalar bor.