AQSh va O‘zbekiston 450 million dollarlik shartnoma imzolashdi

AQSh kelajakda O‘zbekiston gaz-kimyo sanoatiga 1,5 milliard dollar investitsiya kiritishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Amerikaning Air Products kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ payshanba kuni umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan qo‘shma korxona qurish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston energetika vazirligiga asosan.  

“Payshanba kuni umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan texnik gazlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona yaratish shartlari haqida shartnoma imzolandi”, - dedi Energetika vazirlgi vakili.

Tomonlar, shuningdek O‘zbekiston hududida geliy va tabiiy gaz ishlab chiqarish haqida memorandum imzolashdi.

Mirziyoyev neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha topshiriqlar berdi

AQShning Air Products kompaniyasi delegatsiyasi O‘zximsanoat hamda  Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirligida Sirdaryo viloyatida ammiak va karbomid ishlab chiqarish haqida muzokaralar o‘tkazdi.

2018 yilning oktabr oyida Air Products kompaniyasi va "O‘zbekneftegaz" gazlarni chuqur qayta ishlash asosida mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirish haqida shartnoma imzolagan edilar. Xolding xabar qilishiga ko‘ra, kelajakda O‘zbekistonda umumiy qiymati 4,25 milliard dollar bo‘lgan yangi gaz-kimyo klasteri qurish rejelashtirilgan.

Istiqbolli loyihalar qatorida 1,5 milliard kubometr gazni qayta ishlash natijasida 200-250  ming tonna polipropilen, 100 ming tonna etilen-propilen kauchuka, 100 ming tonna – polietilentereftalat  va etilenvinilatsetat, 100-150 ming tonna etilenglikol va polietilen ishlab chiqarish loyihalari ko‘rib chiqilmoqda.