TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Qo‘qon shahrida kollej o‘quvchisi o‘zaro janjal sabab 11-sinf o‘quvchisiga bilan jarohat yetkazdi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 28-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri A.Navoiy mavzesida yashovchi, Qo‘qon Avtotransport kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi U.D. shu mavzeda o‘zaro janjal sabab, tanishi 2-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi R.I.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, jinoyatchi esa qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.