Zahra Lari ketish oldidan rus tilida minnatdorlik bildirdi

Zahra Lari qishgi universiada tarixida birinchi hijob kiygan figurali uchuvchi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. BAAlik hijob kiygan figurali uchuvchi Zahra Lari musobaqa tuganidan so‘ng uyiga jo‘nab ketish oldidan muxlislariga rus tilida minnatdorlik bildirdi.  

"Krasnoyarsk rahmat, Sibir rahmat, Rossiya rahmat", - dedi sportchi qiz o‘z Instagramida.

Eslatib o‘tamiz, Zahra Lari qishgi universiadada ishtirok etgan birinchi hijobli figurali uchuvchi bo‘ldi. U musobaqada ishtirok etishi uchun Xalqaro konki sporti federatsiyasi figurali uchish qoidalariga o‘zgarish kiritishgan edi. Oldin sportchilar musobaqada bosh kiyimda ishtirok etishlari mumkin emas edi.

2-12 mart kunlari Krasnoyarskda bo‘lib o‘tgan Universiadada rossiyalik trener Aleksanda Iyevleva bilan shug‘ullanayotgan Zahra Lari umumiy hisobda 29 o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni yaponiyalik Maya Miyaxara, ikkinchi o‘rinda qozog‘istonlik Elizabet Tursinbayeva uchinchi o‘rinni rossiyalik - Stanislava Konstantinova egalladi.