Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

Navoyida prezident yangi korxonalar, ijtimoiy obyektlar va loyihalar bilan tanishishni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

"Tashrif davomida Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy obyektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 2017-yildan buyon prezidentning O‘zbekistonning barcha viloyatlariga navbatma-navbat tashrif buyurishi, u yerda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, yangi loyihalar bilan tanishish, kelajak rejalarini belgilash - domiy amaliyotgan aylangan. Ushbu davr mobaynida Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga ham bir necha bor tashrif buyurgan edi.