Politsiya va Rosgvardiya Moskvadagi "Fud Siti" bozorini tekshirmoqda

Politsiya tekshiruvi tufayli "Fud Siti" oziq-ovqat bozori vaqtincha ishlamayapti.
Sputnik

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Moskvaning eng yirik oziq-ovqat bozorlaridan biri bo‘lgan "Fud Siti" bozori politsiya tekshiruvi tufayli ishlamayapti, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Fud Siti savdo majmuasida politsiya va Rosgvardiya xodimlari tekshiruv o‘tkazmoqda. Hozircha hech kim ichkariga kiritilmayapti”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, kecha politsiya xodimlari Moskvaning yana ikkita yirik bozori “Sadovod” – qurilish materiallari hamda “Moskva” – kiyim kechak bozorida tekshirish o‘tkazgan.