O‘zbeklar Rossiya sahnasini maftun etishda davom etishmoqda: Sayyora ikkinchi bosqichga o‘tdi

O‘zbekistonlik yosh xonanda o‘zi ijod qilgan "Begu k tebe" qo‘shig‘ini ijro etib, barchani o‘ziga maftun ayladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. O‘zbekistonlik Sayyora (Sayyora) Rossiyaning TNT telekanali tomonidan tashkil etilgan “Pesni” teleshousining ikkinchi mavsumida saralash bosqichidan o‘tdi.

O‘zbekistonlik Oleg Ternovoy "Pesni" tanlovi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik yosh xonanda o‘zi ijod qilgan "Begu k tebe" qo‘shig‘ini ijro etib, barchani o‘ziga maftun ayladi.

Haqiqiy ijodkor sifatida Sayyora depressiyani boshdan kechirgan. Uni 12-yil davomida hech narsa yangi qo‘shiq yaratishga ilhomlantirmagan. Sayyora Nyu York metrosidagi musiqachilardan ilhomlangan va endilikda “Pesni” loyihasida o‘z iqtidorini namoyon qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, TNTning “Pesni” shousi birinchi mavsumida o‘zbekistonlik Oleg Ternovoy (Terry) g‘olib bo‘lgan edi. Terry 5 million rubl va Black Star leybli bilan shartnoma imzolashni qo‘lga kiritgan.