O‘zbekistonlik 14 yoshli og‘ir atletikachi mutlaq jahon chempioni bo‘ldi

Nigora Abdullayeva 49 kg vaznda mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! 14 yoshli og‘ir atletikachi qizimiz o‘smirlar o‘rtasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi, - deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Las-Vegasda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Nigora Abdellayeva 49 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘ldi.

Qizig‘i shundaki Nigora hali 14 yoshda! U dast ko‘tarish mashqida 75 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 90 kg, ikki kurash bo‘yicha 165 kilogramm natija qayd etdi! Uchala yo‘nalishda ham hech kim Nigoraxonga teng kela olmadi, deyilgan xabarda.