Sidney hayvonot bog‘ida noyob qizil pandachalar dunyoga keldi

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Tarongo hayvonot bog‘ida noyob turdagi qizil panda bolalari ommaga namoyish etildi.
Sputnik

Pandachalar o‘tgan yilning dekabr oyida dunyoga kelgan. Bu noyob hayvonlarning dunyoga kelishi butun hayvonot olami uchun katta voqea bo‘ldi.

Qizil yoki kichik panda – bu yirtqich hayvon. Ular asosan o‘simlik bilan oziqlanadi.

Qizil panda tanasining uzunligi 51-64 sm, dumi esa 28-48 sm.ni tashkil etadi. Erkak pandaning vazni qariyb 3,7-6,2 kg, urg‘ochisiniki esa 4,2-6,0 kg.dan iborat.