Shavkat Mirziyoyev Efiopiya prezidenti va BMT Bosh kotibiga ta’ziya bildirdi

Efiopiyada halokatga uchragan samolyotda 33 davlatdan bo‘lgan 149 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning 8 nafar a’zosi bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida uch nafar Rossiya fuqarolari ham bor.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev samolyotning qulashi oqibatida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar halok bo‘lgani munosabati Efiopiya prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Efiopiyadagi aviahalokat: hech kim omon qolmagan

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Efiopiyada Ethiopian Airlines kompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani haqida xabar qilgan edik. Boeing 737-800 MAX samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 08:38 da Efiopiya poytaxti Addis-Abebadan Keniya poytaxti Nayrobiga parvoz qilgan, soat 08:44 da esa samolyot bilan bo‘lgan aloqa uzilgan.

Halokatga uchragan samolyotda 33 davlatdan bo‘lgan 149 nafar yo‘lovchi hamda ekipajning 8 nafar a’zosi bo‘lgan. Shuningdek, halok bo‘lgan orasida BMT tizimining 19 nafar xodimi bo‘lgan.