Rossiyaning eng ko‘p maosh oladigan aktorlari nomi e’lon qilindi

Nagiyev Rossiyaning eng serdaromad aktori bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 11 mar - Sputnik. Rossiyaning eng ko‘p maosh oladigan aktorlari nomi e’lon qilindi, FAN xabariga asosan.

Rossiya kino sanoatida o‘tgan yilda eng katta daromad olgan yulduzlar reytingi e’lon qilindi. Unda birinchi o‘rinni - Dmitriy Nagiyev egallagan. Uning daromadi  3 million 200 ming dollar miqdorida baholanmoqda.

Ikkinchi o‘rinda - Fedor Bondarchuk, 1 million 300 ming AQSh dollari.Svetlana Xodnechkova va Vladimir Mashkov uchinchi o‘rinda. Ularning daromadi – 1 million. Danil Kozlovskiy – 900 ming dollar.