“O‘zbekko‘mir” ulushi rossiyaliklarning ishonchli boshqaruviga topshiriladi

Pogruzka uglya v vagoni na kamennougolnom razreze
“ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘’ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning “O‘zbekko‘mir”AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar qildi.

Karyerniy ekskavator na kamennougolnom razreze
O‘zbekko‘mir professional tashqi boshqaruvga berilishi mumkin

Qarorga muvofiq, “ProgressGorTex” MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘’ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJning “O‘zbekko‘mir”AJ ustav kapitalidagi 45 % aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi.

Shuningdek qaror bilan, “O‘zbekko‘mir”AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, “ProgressGorTex” MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.

Endilikda, ko‘mirlar narxi operatsion sarflar, kapital xarajatlar va 10 foizdan kam bo‘lmagan rentabellik darajasi asosida shakllantiriladi, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan uyg‘un ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.