Alvido, o‘rtoq Saaxov: aktor Vladimir Etush vafot etdi

Artist 96 yoshida vafot etdi. O‘limi sababi hali noma’lum
Sputnik

TOShKENT, 9 mar – Sputnik. 9 mart, shanba kuni rossiyalik aktor Vladimir Etush vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Vaxtangova nomidagi teatr press-attashesiga tayanib xabar tarqatmoqda.

Alvido, o‘rtoq Saaxov: aktor Vladimir Etush vafot etdi

Vladimir Abramovich Etush 1922-yil 6-mayda Moskvada tavallud topgan.

Alvido, o‘rtoq Saaxov: aktor Vladimir Etush vafot etdi

Aktor 150dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Leonid Gaydayning "Kavkaz asirasi", "12 stul" va "Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi" nomli komediya kartinalaridagi rollari unga mashhurlik olib kelgan.

Urush boshlanishi bilan Etush ko‘ngillilar safida frontga ketgan. O‘qchilar polki tarkibida Kabarda va Osetiya tog‘larida jang qilgan, Rostov-Don va Ukrainani ozod qilishda ishtirok etgan. Qizil yulduz ordeni va medallar bilan taqdirlangan.

Alvido, o‘rtoq Saaxov: aktor Vladimir Etush vafot etdi

1943 yilda og‘ir jarohat olib, komissiyadan o‘tkazilgan va shundan so‘ng Shukinskiy nomli bilim yurtiga qaytib, 1945-yilda uni tamomlagan. Etushni darhol Yevgeniy Vaxtangov nomidagi Teatr truppasiga qabul qilishgan. Teatr sahnasida Etush butun umri davomida - yetmish yildan oshiq faoliyat yuritgan.

Etush 2001-yilda RF adabiyot va san’at sohasida Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. "Billur Turandot" (1994), "Kumir" (2000), "Teatral yulduzi" (2008, 2012, 2016) mukofotlari sohibi.