Dragon-2 kosmik kemasi Yerga qaytib keldi

NASA Dragon-2 kosmik kemasining Atlantik okeaniga qo‘nishi aks etgan videoni tarqatdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Dragon-2 ko‘p martali kosim kema koinotda o‘z missiyasini bajarib Yerga qaytdi, deb xabar qilmoqda NASA. 

“Space X” kompaniyasining Dragon-2 kosmik kemasi Yerga qaytib Atlantika okeaniga Florida shtatining sharqiy qirg‘og‘i yaqinida muvaffaqiyatli qo‘ndi”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz 2-mart kuni amerikalik milliarder Ilon Maskning “Space X” kompaniyasi koinotga Dragon-2 ko‘p martali kosmik kemasini uchirgan edi. Koinotda ushbu kema xalqaro koinot stansiyasi bilan muvaffaqiyatli tutashib rejalashtirilgan amaliyotlarni bajarganiidan so‘ng Yerga qaytgan.

Quyida Dragon-2 Atlantik okeaniga qo‘nish jarayoni aks etgan videolavhani tomosha qiling.