Gruziyalik usta tikuv mashinalaridan g‘aroyib avtomobillar yasamoqda

Gruziyalik usta eski tikuv mashina detallaridan chiroyli avtomobillar, karetalar va boshqa art obyektlar yasamoqda.
Sputnik

Usta hikoya qilib berishiga qaraganda, dastlab u eski tikuv mashinalarini jamlay boshlagan va boshida ularni nima qilishni ham bilmagan. Ustani qadimiy tikuv mashinalari detallarining chiroyliligi maftun etgan. Keyinchalik ushbu tikuv mashinalari detallaridan avtomobillar yasay boshlagan. 

Zamonaviy tilda ushbu uslub - stim pank deyiladi. Steampunk - bug‘ mashinalari detallaridan turli, ba’zan fantastik dekorativ elementlar yasash, ma’nosid qo‘llaniladi.