Diversiya tufayli butun Venesuelada svet o‘chdi

Ayni damda elektr ta’minoti faqat mamlakat Sharqida to‘liq qayta tiklangan, kun kechiga borib barcha hududlarda tiklanishi va’da berilgan.
Sputnik

TOShKENT, 8 mar – Sputnik. Venesuelaning eng yirik "El-Guri" GESida uyushtirilgan diversiya tufayli butun mamlakatda svet o‘chdi deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Venesuela va Kolumbiya chegarasida kuchli to‘qnashuvlar: yuzlab kishi jarohatlandi

Venesuela energetika kompaniyasi Corpoelec xabarida aytilishiga ko‘ra, elektr tarmog‘ida uzilish Venesuelaning 23 shatidan 21tasida qayd etilgan. Poytaxt Karakasda svet o‘chishi tufayli metro to‘xtatilgan, uyali aloqa tizimi qisman ishdan chiqqan va svetoforlar ishlamay qolgan.

Ayni damda mamlakatning sharqiy qismida elektr tarmog‘i faoliyati qayta tiklangan va juma kuni kechga borib butun mamlakatda elektr tarmog‘i odatdagiday ishga tushishi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada AQSh tomonidan qo‘llab quvvatlanayotgan muxolifat va rasmiy hukumat orasida qarama-qarshilik yuz bermoqda. AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Madurodan hukumatni tark etishni talab qilmoqda.