Rossiyaning Krasnoyarskda shahrida Butunjahon qishki sport universiada musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. BAAdan bo‘lgan Zahra Larining tarixi butun dunyoni hayratga soldi. U nafaqat o‘z mamlakatini sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qilishga erishishdi, balki Figurali uchish xalqaro federatsiyasi musobaqa qoidalarini o‘zgartirishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Federatsiyaning qabul qilgan qoidalariga ko‘ra bosh kiyimda fugurali uchush taqiqlanadi. Biroq, BAA vakilasi uchun ushbu qoidani qaytadan ko‘rib chiqib, o‘zgartirishga qaror qilishdi. Endilikda Zahra Lari hijobda musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida mazkur jasur va maftunkor sportchi qizning chiqishlarini tomosha qilishingiz mumkin.