TOShKENT, 7 mar - Sputnik. Umumiy miqdori eng kam ish haqqining 20 baravaridan kam bo‘lgan kundalik kassa tushumini tadbirkorlari o‘zlari bankka topshirishlari mumkin. Bu haqida yangi e’lon qilingan qonunda aytib o‘tilgan.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, faqat kundalik kassa tushumi miqdori eng kam ish haqqining 20 baravaridan ko‘p bo‘lgan xo‘jalik subyektlari naqd pullarni bankka topshirish uchun inkassatsiya xizmatidan foydalanishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldin tadbirkorlar bankka naqd pulni o‘zlari topshirish huquqiga ega emas edilar.
Yangi qonunda, shuningdek, tijorat banklar filiallarida saqlanishi kerak bo‘lgan naqd pul miqdori haqida ham aytib o‘tilgan.