Yettinchi mart kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi

Yo‘l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari paytida transportlar harakati qisman cheklanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 7 mar - Sputnik. 7 mart kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati qisman cheklanadi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi hamda IIBB YHXB tomonidan bugun soat 9.00 dan 19:00 ga qadar poytaxtning ayrim ko‘chalarida yo‘l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari amalga oshiriladi:

- Islom Karimov ko‘chasining Islom Karimov — Amir Temur chorrahasidan Islom Karimov – Sharof Rashidov chorrahasiga qadar bo‘lgan qismida;

- Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz — Istiqbol chorrahasidan Shahrisabz – Mustaqillik chorrahasiga qadar bo‘lgan qismida.

Yo‘l qatnov qismlarining chiziqlarini chizish ishlari paytida transportlar harakati qisman cheklanishi mumkin.