Bayramona kayfiyat: Poytaxt hokimligi ayollarni 8-Mart bayrami bilan qutlamoqda

Toshkent shahar hokimligi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayollarga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan erta tongdan poytaxt ko‘chalarida yangilanish faslining ilk ayyomi - 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ayollarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida gul va nishonlar taqdim etilmoqda.

“Aksiya, xususan, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Olmazor”, “Xalqlar do‘stligi” bekatlari oldida tashkillashtirilgan. Ko‘ngillilar ayollarga yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida gul va 8 raqami aks etgan ko‘krak nishoni taqdim etmoqda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, poytaxt ko‘chalarida o‘rnatilgan katta ekranlarda o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida ayollar ismlari bilan yozilgan bayram tabrigini ham kuzatish mumkin.