Hodisa aks ettirilgan videorolik YouTube-kanalda CCTV tape tomonidan e’lon qilingan. Video tagidagi yozuvda aytilishicha, erkak slonga shlangadan sup sepib, uni shu tarzda yuvintirishga harakat qilgan. Nazoratchi hayvonni burish maqsadida, uni bir necha marta tayoq bilan urgan, ammo kutilmaganda, u o‘zini boshqara olmay, yiqilgan va hushidan ketgan. Shu payt fil yon tomonga ag‘darilgan va erkak jonivor tagida qolgan.
Oradan bir oz vaqt o‘tgach, boshqa nazoratchi yugurib kelgan va filni o‘rnidan turg‘izgan. Jabrdiyda kasalxonaga olib borilgan bo‘lsa-da, ammo uni qutqarish nasib qilmagan.