TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Toshkent shahar IIBB Toshkentda avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan avtobus haqidagi tafsilotlarni ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 6-mart kuni Shayxontohur tumanidagi Nurafshon ko‘chasida 18-avtobus saroyi tasarrufidagi 27-sonli, “Chorsu savdo markazi-Ko‘kcha oqlon mahallasi” yo‘nalishida qatnovchi ISUZU rusumli avtobus haydovchisi 53 yoshli Abdulla U. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urilgan.
Yo‘lovchilardan biri yengil tan jarohati olgan va shifoxonaga olib borilgan. Shifoxonada yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda.