Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

Toshkentda iqtisodiyot, sanoat va moliya vazirliklari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar – Sputnik. Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiya 7-10 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonga keladi

Rossiya delegatsiyasi tashrifi doirasida Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlari, vazirliklar, muassalar hamda sanoatning muayan sohalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, Toshkentda iqtisodiyot, sanoat va moliya vazirliklari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi hamda qo‘shma loyihalarning amalga oshirilish jarayoni muhokama qilinadi.