Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri samolyotda tobi qochgan o‘zbekistonlik ayolga yordam ko‘rsatdi

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova 6-7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazi va O‘zbekistonning qator tibbiy muassasalari faoliyati bilan tanishib chiqadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Moskva-Toshkent reysi yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelayotgan samolyotda tobi qochgan o‘zbekistonlik ayolga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekistonga keladi

Xabarda qayd etilishicha, samolyot uchgandan so‘ng bir soat o‘tib, samolyot komandiri ovoz kuchaytirgich orqali bortda shifokor bor-yo‘qligini so‘raydi. Vazir darhol yordam shoshiladi va O‘zbekiston fuqarosiga tibbiy yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova 6-7 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Muzokaralar davomida Toshkentda ko‘ptarmoqli zamonaviy tibbiy markazni qurish hamda RF tibbiy oliygohlaridan birining filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Skvorsova akademik V.Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya tibbiy markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiy markazi va O‘zbekistonning qator tibbiy muassasalari faoliyati bilan tanishib chiqadi.