Putin chet el razvedkasi Rossiyada nima qidirayotganini aytdi

Putinga ko‘ra, chet el razvedkalari Rossiya yo‘nalishida o‘z faolligini oshirishga intilishmoqda, shu bois RF uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni ishonchli himoyalash lozim
Sputnik

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el razvedka xizmatining Rossiyadan ko‘zlayotgan maqsadlari haqida gapirib berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda moliyaviy razvedka tizimlarini mustahkamlaydi

Chet el razvedkalari Rossiya yo‘nalishida o‘z faolligini oshirishga intilishmoqda, shu bois RF uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotlarni ishonchli himoyalash lozim, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

"Biz bugun chet el razvedkalari Rossiya yo‘nalishida o‘z faolligini oshirishga harakat qilayotganini ko‘rmoqdamiz, ular turli yo‘llar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, texnologik xarakterdagi ma’lumotlarni olishga harakat qilishmoqda. Sizning ishingiz shu qadar ishonchli bo‘lishi lozim", - dedi Putin FSB xay’at kengashida.

Putin shuningdek, "bugun, chet el razvedkasi vakillari oldingi davrdagi singari, balki undan ham ko‘proq RF ichidagi voqealarga ta’sir ko‘rsatishga urinishadi". Shu bois, Rossiya yetakchisi FSB o‘z ishini samarali, kundalik va zamonaviy metodlar asosida olib borishi lozimligini uqtirdi.