Parvoz davomida tamaki chekkan o‘zbekistonlik yo‘lovchi samolyotdan tushirib olindi

Endi uni 200 EKIH miqdorida jarima yoki 15 sutkaga hibsga olish to‘g‘risida ma’muriy jazo kutmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Qozog‘istonning Olma-Ota shahri aeroportida samolyot ichida tamaki chekkan o‘zbekistonlik yo‘lovchi samolyotdan tushirib olindi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasiga asosan. 

"Istambul - Olma-Ota" parvozi davomida samolyot ichida tamakki chekkan 43 yoshli o‘zbekistonlik yo‘lovchi, ekipaj komandiri xabariga ko‘ra samolyotdan tushirib olindi va ma’muriy jazo kutmoqda, - deyilgan xabarda. 

Ushbu qonunbuzarlik uchun Qozog‘istonda eng kam ish haqqining 200 baravari miqdorida jarima yoki 15 sutka hibsga olish  jazosi berilishi mumkin.