O‘n besh yildan so‘ng qariyb uchdan bir rossiyalik musulmon bo‘ladi – muftiy prognozi

Ravil Gaynudinning fikriga ko‘ra, Rossiya musulmonlari sonining keskin oshishi sababli o‘nlab yangi masjidlar qurish kerak.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Rossiya musulmon aholisining soni 15-yildan so‘ng 30 foizgacha ko‘payishi mumkin. Bu haqda Rossiya musulmonlar diniy boshqarmasi va Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin ma’lum qildi.

Krganov: sun’iy urug‘lantirishga islomda ta’qiq yo‘q, lekin qoida bor

“Biz chuqur bilimga ega ekanligiga shubha qilmaydigan mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, 15-yildan so‘ng Rossiyaning  30 foizgacha aholisini  musulmonlar tashkil etadi”, - dedi shayx Ravil Gaynutdin.

U 30-yildan ortiq vaqt mobaynida Moskva Jome masjidida faoliyat yuritayotganini aytib, bu kabi prognozlar umuman olganda tajribada o‘z tasdig‘ini topayotganini ma’lum qildi.

“2018 yilda Qurbon bayram namoziga 320 mingdan ziyod musulmonlar tashrif buyurishdi. Bu raqamlar har yil o‘sishda davom etmoqda”, - dedi muftiy.

Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gaynutdin ekspertlarning aniq ismlarini keltirib o‘tmagan.

2002 yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lishicha, Rossiyada an’anaviy musulmonlar soni 14,5 millionga yaqin. Rossiya  aholisining soni 2017-yilda 144,5 millionga yetgan.