Hijob kiygan birinchi figurali uchuvchi nimalarni orzu qilmoqda

Zahra Larining eng katta orzusi Pekinda 2022-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan qishgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdir.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar – Spunik. Hijob kiygan birinchi figurali uchuvchi – BAAlik Zahra Lari musobaqalarda ishtirok etishi uchun Figurali uchish xalqaro federatsiyasi musobaqa qoidalarini o‘zgartirishga rozi bo‘ldi, deb yozadi RT.

Gap shundaki, figurali uchish sportida bosh kiyimda ishtirok etish mumkin emas. Boshida federatsiya qarshilik ko‘rsatgan edi, lekin keyinchalik ular musulmon mamlakatidan bo‘lgan sportchining vaziyatini tushunib, rozilik berishdi.

Hijob kiygan birinchi figurali uchuvchi nimalarni orzu qilmoqda

Krasnoyarskda bo‘lib o‘tayotgan qishki sport universiadasida ushbu mavzu eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri bo‘ldi.

BAAlik Zahra Lari 24 yoshda. U o‘z mamlakati nomidan figurali uchish bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarida taqdim etayotgan birinchi sportchi bo‘ldi. Rossiya telekanaliga bergan intervyusida Lari BAAda ushbu sport turi bilan shug‘ullanishda duch kelayotgan mushkulliklar haqida so‘zlab berdi.

“Bizda eng katta muammo bu – muz maydonchalarining yo‘qligidir. Bizda yagona qishgi sport majmuasi Abu Dabida joylashgan. U yerda xokkey o‘ynaladi”, - deydi Lari.

Shunga qaramasda uning hamurtlari sportchini iliq qo‘llab-quvvatlab turishadi. Ko‘chada tanib qolishsa, unga omad tilashadi.

Zahra Larining eng katta orzusi Pekinda 2022-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdir. Hozircha u Krasnoyarskdagi universidada ishtirok etmoqda.