TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Moskva shahrining Meshan tuman sudi reper Timati (Timur Yunusov)ni Perm o‘lkasi parlamentining sobiq deputatini haqorat qilishda aybdor deb topdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, sud sobiq deputat Aleksandr Telepnevning da’vosini qisman qondirib, reper Timatiga shikoyatchiga 30 ming rubl (459 dollar) miqdorda jarima to‘lash majburiyatini yukladi.
2018 yilning fevralida “Madaniyat uyi” klubiga tashrif buyurgan deputat Telepnev va uning do‘sti artist DJ Smash (Andrey Shirman)ni do‘pposlashgan. U turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Timati DJ Smash᾽ning shifoxonadagi palatasida video yozib, Instagram sahifasiga joylashtirgan. Sobiq deputat Telepnev Timatining ayrim gaplarini sha’ni, qadr-qimmati va obro‘siga dog‘ tushiruvchi deb hisoblagan va reperdan o‘zining foydasiga 500 ming rubl (7600 dollar) ma’naviy zarar undirishni so‘rab da’vo arizasini kiritgan.