Futbolchi maydonga lezviya olib kelib, raqiblarini yaraladi – video

Ushbu hodisa Turkiyaning "Amedspor" va "Sakaraspor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin davomida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Turkiyada futbolchi maydonga lezviya olib kelib, o‘yin davomida raqiblarini jarohatladi, deb yozadi Yeni Şafak Spor nashri.

​Ushbu hodisa Turkiyaning "Amedspor" va "Sakaraspor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin davomida sodir bo‘lgan. "Amedspor" jamoasining yarimhimoyachisi Mansur Chalar maydonga sezdirmasdan lezviya olib keladi va raqib jamoa o‘yinchilari bilan ko‘rishayotganda hamda o‘zaro kelib chiqqan janjal vaqtida ular tanasining turli qismini jarohatlaydi.

"Sakaraspor" futbolchilari gap nimada ekanligini darhol sezishmaydi. Musobaqa yakunidan so‘ng ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining yaralangan tana qismlarini e’lon qilishadi. Internet foydalanuvchilari Chalarning bu xatti-harakatlarini qattiq qoralashdi.

​Turkiyaning "Amedspor" klubi rahbariyati futbolchi bu ishni qilmaganini aytdi. Klub o‘zining Twitter᾽dagi sahifasida Chalar haqida bo‘hton tarqatayotganlar javob berishlarini ma’lum qildi.