TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Kecha 2-mart kuni Tojikiston va O‘zbekiston orasida Hisor va Bobotog‘ aholi punktlari orasida joylashgan yana bir chegara o‘tkazuv punkti ochildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Ruslan Mirzayev hamda Tojikiston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari qo‘mondoni Radjabali Raxmonali ishtirok etdi.
Ochilish marosimida nazorat-o‘tkazuv punktida ikkala tomondan ham ko‘p soni fuqarolar jamlanishdi. O‘zbekiston va Tojikistonliklar o‘z davlat bayroqlari va gullar bilan kelib bir-yuirlarini tabriklashdi. Tadbir doirasida bayram konserti ham bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nazorat punkti aslida sovet ittifoqi davrida qurilgan edi. Hozir esa u qayta ta’mirlanib, yangi zamonaviy texnika va chegara qo‘shinlari xizmat olib borishi uchun kerakli qulayliklar bilan jihozlandi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va Tojikiston orasida 17ta chegara o‘tkazuv punktlari xizmat qo‘rsatmoqda.