Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

Sputnik

O‘zbekistonning Uzoq Sharqdagi Genkonsuli Rustam Ismoilov Vladivostokda ochilgan diplomatik vakolatxona oldida turgan vazifalar haqida gapirib berdi.

Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

Diplomat Rossiyaga uning yangi tayinlovi kutilmaganda ro‘y bergan xushxabar bo‘lganini ta’kidladi.

Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

"Vladivostok Rossiyaning butun Uzoqsharq federal okrugi poytaxtiga aylandi – bu juda ham istiqbolli region. Menga shu yerda ishlashni ishonib topshirganliklari uchun minnatdorman. Endilikda Vladivostokda O‘zbekiston fuqarolari va jamoatchilik tashkilotlari vakillari uchun ham vatanning bir bo‘lakchasi tashkil topdi. Ular bizning oldimizga kelib, o‘z g‘oyalari bilan bo‘lishishlari, qandaydir masalalarini hal etishlari mumkin bo‘ladi", - deb qayd etdi Ismoilov.

Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

Uning so‘zlariga ko‘ra, genkonsullik ishi birinchi navbatda Uzoq Sharqda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarga ko‘mak berishga hamda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, savdo-iqtisodiy, gumanitar va madaniy aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratiladi.

Kutilmagan xushxabar: O‘zbekiston genkonsuli Vladivostokka tayinlovi haqida

Eslatib o‘tamiz, 1-mart sanasida Vladivostokda O‘zbekistonning hisob bo‘yicha beshinchi diplomatik vakolatxonasi ochildi. O‘tgan yil RF da ikki mamlakat yetakchilari kelishuviga binoan Sankt-Peterburg va Yekaterinburgda O‘zbekistonning ikkita konsulligi ochilgan edi. 2019-yil oxiriga qadar Qozon respublikasi va Rostov-Donda ham O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari ochiladi.