Kimniki uzunroq: milliarder Usmonovning yaxtasi Barselonada shov-shuvga sabab bo‘ldi

Foydalanuvchilardan biri "Prichalga bog‘lab qo‘yilgan boshqa milliarderlarning yaxtalari Usmonovning kemasi oldida mayda qayiqqa o‘xshab qolgani" haqida yozgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Biznesmen Alisher Usmonovning yaxtasi Barselona portiga yetib keldi va shu yerning o‘zida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Mahalliy aholi va turistlar hashamatli "Dilbarim" yaxtasi fonida suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu suratlar bilan bo‘lishmoqdalar.

Foydalanuvchilardan biri "Prichalga bog‘lab qo‘yilgan boshqa milliarderlarning yaxtalari Usmonovning kemasi oldida mayda qayiqqa o‘xshab qolgani" haqida yozgan.

Aytgancha, uzunligi 156 metrli kemadan ham uzunroq uchta kema mavjud - bu bir shayxning, Bruney shahzodasining va Roman Abramovichning kemalaridir.

Turli OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "Dilbarim" Usmonovga taxminan 600 million dollarga tushgan.

Ayni vaqtda internet foydalanuvchilarini Alisher Usmonov Barselonaga qanday maqsad bilan tashrif buyurgani juda qiziqtirib qo‘ygan.