Mirziyoyevning Misrga tashrifi sanasi ma’lum bo‘ldi

Taxmin qilinayotgan sana — 19-oktabr.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar - Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti joriy yilning kuzida rasmiy tashrif bilan Misrga yo‘l oladi. Bu haqda Misr Arab Respublikasi savdo va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ahmed Taxa Boraya O‘zbekiston—Misr biznes forumi doirasida ma’lum qildi, deb yozadi "Novosti Uzbekistana" nashri.

Mirziyoyev Misr prezidenti bilan muloqotni yuqori baholadi>>>

Borayaga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti 2019-yilning oktabr oyi o‘rtalarida Misrga tashrif buyuradi. Taxmin qilinayotgan sana — 19-oktabr.

Eslatib o‘tamiz, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 2018-yilning 4-sentabrida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.