Afg‘onistonda terrorchilar guruhi harbiy bazaga hujum qildi

Hujumni 27 nafar jangari, shulardan 7 nafar xudkush-terrorchi amalga oshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar – Sputnik. Jangarilar guruhi Gilmend provinsiyasida joylashgan Afg‘oniston qurolli kuchlariga qarashli harbiy bazaga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan xabar qildi.

AQSh harbiylari terrorchilar bilan kelishgan holda Suriyadan 50 tonna oltinni olib ketishdi

Xabarda aytilishicha, hujum erta tongda boshlangan.

Hujumda 27 nafar jangari, shulardan 7 nafar xudkush-terrorchi ishtirok etdi.

Gilmend provinsiyasi gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, 9 nafar terrorchi, shulardan 3 nafar xudkush-terrorchi yo‘q qilindi.

Qurolli kuchlari harbiylari hududda tozalash operatsiyasini davom etishmoqda.