AQSh harbiylari terrorchilar bilan kelishgan holda Suriyadan 50 tonna oltinni olib ketishdi

AQSh harbiylari tinchlik kafolati evaziga jangarilaridan oltin olishdi.
Sputnik

TOShKENT, 1-mart – Sputnik. AQSh harbiylari Suriyaning Deyr-ez-Zor provinsiyasidan terrorchilardan olingan 50 tonnaga yaqin oltinni mamlakatdan olib chiqib ketishdi. Bu haqda "Izvestiya" nashri SANA agentlishiga asosan xabar qildi.

AQSh harbiylari ilonlar bilan qo‘shni bo‘lganliklaridan arz qilishmoqda

Xabarda aytilishicha, amerikaliklar tinchlik kafolati evaziga jangarilardan 40 tonna oltin olib ketishdi.

Jangarilar bu oltinni Iroq va Suriyada qo‘lga kiritib, Deyr-ez-Zoredagi Bagxuz punktida yashirishgan.

Keyinchalik harbiylar 10 tonna oltinni jargarilarining boshqa maxfiy joylaridan topishgan.

28 fevral kuni AQSh prezidenti Tramp Suriyada IShID bosib olgan hududlarda to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.

2018 yil dekabrda Tramp Suriyada jangarilar ustidan g‘alaba qozonilganligi va amerikalik qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqib ketilishini e’lon qilgandi.

Biroq rejalar doimiy ravishda cho‘zib kelindi. 21-fevralda Vashington ittifoqchilari AQSh Suriyadan ketgandan keyin mamlakatda qolmasligini ma’lum qilishdi.

Ertasi kun Oq uy respublikada “tinchlikparvar guruhi”ni qoldirish haqida qaror qabul qildi.