Tramp va Kim Chen Inning Xanoydagi uchrashuvi qanday yakunlandi?

Press-konferensiyada AQSh yetakchisi Donald Tramp muzokaralar “sermahsul” bo‘lganini tasdiqladi. Ammo, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Kim Chen In “kattaroq qadam tashlashga” tayyor emas ekan.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp va KXDR prezidenti Kim Chen In Xanoydagi sammit yakunlarniga ko‘ra kelishuvga erishmadi, biroq uchrashuvni “samarali” o‘tkazishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Donald Tramp va Kim Chen In yuzma-yuz uchrashdi

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning ta’kidlashicha, tomonlar yagona fikrga kelishmagan bo‘lishlariga qaramay, ular Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish (denuklearizatsiya) masalalarini atroflicha muhokama qilishgan va kelajakda uchrashish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan.

Shuningdek, press-konferensiyada AQSh yetakchisi Donald Tramp muzokaralar “sermahsul” bo‘lganini tasdiqladi. Ammo, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Kim Chen In “kattaroq qadam tashlashga” tayyor emas ekan.

Xanoydagi sammit muddatidan avvalroq yakunlandi va hech qanday hujjat imzolanmadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Shimoliy Koreya prezidentlarining uchrashuvi 27—28 fevral kunlari Vyetnam poytaxti Xanoyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.