TOShKENT, 28 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova Instagramdagi muxlislaridan shaxsiy hayotiga doir savollar bermasliklarini so‘radi.
“Azizlar shaxsiy hayotimga tegishli savollaringizni yozmang! Chunki bu o‘z nomi bilan shaxsiy hayot! "Qachon turmushga chiqasiz... turmushga chiqganmisiz... eriz bormi...” - degan savollaringizni yozib o‘tirmang! Tushunganingiz uchun rahmat”, - deb yozgan Farmonova o‘z postida.