Senat 18-yalpi majlisidan fotoreportaj

Sputnik

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ochiq deb e’lon qildi.

Majlisda 23 ta masala ko‘rib chiqiladi. Shundan 15 tasi qonunlardir. Ular orasida "O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida", "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida", "Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida"gi yangi qonunlar bor. Qolganlari ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish va xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish bilan bog‘liq.

Senat yalpi majlisining ikkinchi kunida O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hisoboti, adliya vazirining axboroti, Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Bosh vazir o‘rinbosarlariga parlament so‘rovlari yuborilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yalpi majlisda O‘zbekiston prezidentining ayrim farmonlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

1 / 6
Vosemnadsatoe plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz
2 / 6
Vosemnadsatoe plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz
3 / 6
Vosemnadsatoe plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz
4 / 6
Vosemnadsatoe plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz
5 / 6
Vosemnadsatoe plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz
6 / 6
plenarnoe zasedanie senata Oliy Majlisa RUz