TOShKENT, 28 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-fevral kuni Namangan viloyatiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Xabarda qayd etilishicha, Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Namanganga jo‘nab ketdi.
Shuningdek, tashrif doirasida yangi sanoat korxonalari, energetika va turizm obyektlari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida Xovos va Mirzaobod tumanlari, Yangiyer va Guliston shaharlariga borish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirish kechirib, asosiy vazifalarni belgilab bergan edi.