Uzbekistan Airways muhim axborot bilan chiqdi

Hozirgi vaqtda Hindiston va Pokiston chegara viloyatlari parvozlar uchun yopilgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Uzbekistan Airways Hindiston, Pokiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlar bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

"Afg‘oniston va Pokiston chegara zonalarida beqaror vaziyat tufayli Hindiston, Pokiston va Janubiy-Sharqiy Osiyo shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlar jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin", - deyilgan aviakompaniya xabarida.

Kashmirdagi vaziyat tufayli Toshkent-Amritsar yo‘nalishida samolyot O‘zbekistonga qaytdi

Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabarida aytilishicha, aviakompaniya vakolatxonalari yoki uchish aeroportlarida parvoz haqida ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 27-fevral kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Toshkent-Amritsar yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan samolyoti Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi.

Bunga Pokiston va Hindiston orqali tranzit qatnovlarining yopilishi, xususan, Pokiston hukumati tomonidan ma’lum bir havo hududida parvozlarni amalga oshirish uchun taqiqlov sabab bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda Hindiston va Pokiston chegara viloyatlari parvozlar uchun yopilgan.