TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Ko‘pchilik rossiyaliklar jinsiy hayotni 16-17 yoshda boshlaydi. Bu o‘z navbatida farzand ko‘rishga ta’sir qiladi: turmush qurish vaqtigacha ancha ko‘p muddat o‘tib, ayrimlar esa jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan ko‘p kasalliklarni “to‘plash”ga ulgurishadi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi reproduktiv salomatlik bo‘yicha bosh shtatdan tashqari mutaxassisi Oleg Apolixin ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Sovet Federatsiyasida erkaklar salomatligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida Apolixin chiqish qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom farzand tug‘ish aholining reproduktiv salomaligiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda tug‘ishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ayollar 77,4 foizida patologiyalar mavjud.
“Hamkasblarimiz bilan tahlil qilganimizda, bugungi kunda qizlar jinsiy hayotining boshlanishi o‘rtacha 16-17 yoshni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi <...>, yigitlar 16-17 yoshda, ko‘pchilik undan ham oldin”, - dedi ekspert.
Apolixin fikriga ko‘ra, ayollar turmushga chiqishi o‘rtacha 24-26 yoshni, erkaklar esa 26-29 yoshni tashkil etadi.
“Bu yosh, sog‘lom va ijtimoiy faol odamlar, oila qurish maqsadisiz hayot kechiradi, shuning uchun reproduktiv vaqtiga kelib xlamidii, mikoplazma, ureaplazma, gardnerella singari bakteriyalar paydo bo‘ladi. Biz bu oqibatlar bilan kurash olib borishga majbur bo‘lamiz”, - deb ta’kidladi Apolixin.
Senatorlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga turmush qurayotgan yoshlarga sertifikatlar joriy qilishni taklif qildi. Bu sertifikatlar bilan ular reproduktiv salomatlikni aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.