O‘zbekistonlik model xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etmoqda - foto

O‘zbekistonlik Jasmin Davletova Miss USSR xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun o‘z ishini taqdim etdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik Jasmin Davletova Miss USSR xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etish uchun o‘z ishini taqdim etdi.

Davletova tanlovda ishtirok etish uchun maxsus videorolik tayyorladi.

Tanlov 2012-yildan buyon sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarining qizlari uchun o‘tkazib kelinadi.

Tanlov qatnashchilari o‘z davlatlarining madaniyatini namoyish etadi.

Davletova o‘zining videoroligida 2011-yildan Jmodels Agency modellar maktabining asoschisi ekanligini hikoya qiladi.

2016 yilda uning qizi Oliviya dunyoga kelgan.

Loyiha sahifasida ma’lum qilinishicha, Jasmin kollejda yurisprudensiyadan tahsil olgan, shuningdek mashhur yurist bo‘lishni orzu qilgan.

Biroq yarim yildan so‘ng, bunday ish u uchun emasligini tushunib yetgan.