Xitoylik yigitga turmushga chiqib, tahqirlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi – video

Aks ettirilgan videoda qiz bir necha kunlardan beri bir hammomga qamab qo‘yilgani, xo‘rliklar ichida yashayotganini ma’lum qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Xitoylik yigitga turmushga chiqib, o‘zga yurtda turli qiyinchiliklarni boshidan kechirgan va tahqirlangan namanganlik qiz O‘zbekistonga qaytarildi.

"Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion-tahliliy dasturida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda mazkur qizni O‘zbekistonga  qaytarishga erishilgan.

Qizning intervyu davomida aytgan so‘zlariga qaragan, avvaliga  u xorijlik turmush o‘rtog‘i bilan yaxshi hayot kechirgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tgan so‘ng qiz erining yana bir xotini borligini bilib qoladi. Shu bois ular janjallashib qolishadi. Ushbu janjaldan so‘ng ikki yosh o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Natijada qiz xo‘rlanadi va tahqirlanadi.

“IShID” jangarilarida orasida bo‘lgan ayol va uning 3 nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik yigitga turmush chiqqan o‘zbek qizining murojaati tarqalgan edi.

Aks ettirilgan videoda qiz bir necha kunlardan beri bir hammomga qamab qo‘yilgani, xo‘rliklar ichida yashayotganini ma’lum qilgan.