TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Texasda joylashgan AQSh armiyasining eng bosh harbiy bazalaridan biri bo‘lgan Fort-Xud xizmat qilayotgan harbiylar yashayotgan sharoitidan arz qilishdi. Bu haqda RIA Novosti Task and Purpose portaliga asosan xabar qildi.
Harbiylar yashayotgan uylarni mog‘or bosgani, suvarak va ilonlar ko‘payib ketgani sababli oila a’zolari bilan harbiy barak-uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Harbiylar uchun qurilgan uy-joylarda kamchiliklar ham ko‘p aniqlanmoqda. Xususan, oyna nosozligi oqibatida harbiyning farzandi oynadan tushib ketdi.
Nashr yozishicha, Pentagon rahbari uy egalari bilan kommunal xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Fort-Xud bazasida 50 ming kishi istiqomat qilmoqda. Harbiy turar joylarini ta’mirlash uchun 300 million dollarga yaqin mablag‘ ajratilgan. Biroq harbiylar Oq uy bu mablag‘ni Meksika chegarasida devor qurilishiga yo‘naltirilishidan qo‘rqishmoqda.