FVV Andijon poliklinikasidagi portlash sababini ma’lum qildi

Portlash oqibatida 18 nafar o‘quvchilar turli darajada yengil jarohat oldilar.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi portlashga isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan, deb xabar qildi O‘zbekiston FVV.

Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida 18 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan.

Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchisi va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchi yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko‘rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada, keltirilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan, sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari hamda “O‘ztransgaz” mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.