O‘FA tomonidan umrbod chetlatilgan Babayan “Lokomotiv” klubida yangi lavozimga tayinlandi

Samvel Babayan "Paxtakor" futbol klubida faoliyat yuritgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritganligi sababli futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Samvel Babayan Vacheslavovich Toshkentning “Lokomotiv” professional futbol klubi prezidenti Mansur Radjapovga maslahatchi etib tayinlandi.

"Ertaroq qilish kerak edi”: Babayan bo‘shatilishiga Facebook foydalanuvchilari munosabati

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Samvel Babayan oldiga quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yildi:

1. Klub infratuzilmasini ko‘tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. “Lokomotiv” bolalar va o‘smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo‘lga qo‘yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil yanvar oyida sobiq O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Samvel Babayan "Paxtakor" futbol klubida faoliyat yuritgan vaqtida futbolchilarning shartnomasi bilan bog‘liq hujjatlarga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritganligi sababli futbol faoliyatidan umrbod chetlashtirilgan edi.